24 noy 09:56
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suvga sakrash bo'yicha ilk Olimpiya o'yinlari ishtirokchimiz O'zbekiston kubogi g'olibi
Poytaxtimizdagi Suv sport saroyida suvga sakrash bo'yicha davom etayotgan O'zbekiston kubogi bahslarida navbatdagi g'olib va sovrindorlar nomi aniq bo'ldi.
Musobaqaning minoradan suvga sakrash bellashuvlarida Milana Popova, Anastasiya Vasileva va Amira Qodirova kuchli uchlikdan joy olgan bo'lsa, Igor Myalin, Timur Boychaboev hamda Abduvahob Vahobov erkaklar orasida shohsupaga ko'tarildi.
Minoradan aralash juftlik bo'lib sakrashda Kamola Nasrullaeva va Ibrohim Dilmurodov tandemi oltin medalga ega chiqdi.
Uch metr balandlikdagi tramplindan sinxronlashtirilgan sakrashda Darya Bajukova va Ayisha Dilmurodova juftligi eng yaxshi natijani qayd etdi. Bu yo'nalishdagi erkaklar o'rtasidagi raqobatda Isfandiyor G'afurov va Kirill Ibragimov dueti g'olib deya etirof etildi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar