29 sen 18:11
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Suvga sakrash: Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov juftligi Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi (VIDEO)
SHu kunlarda Hindistonning Nyu-Deli shahrida suv sport turlari bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qo'lga kiritdi.
Uch metrlik tramplindan sinxron sakrash bahslarida qatnashgan Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov juftligi musobaqada 319,17 ball jamg'arib, bronza medaliga ega chiqishdi.
Malumot o'rnida, har ikki sportchi Rossiyadan mahalliylashtirilgan.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar