So’nggi yangiliklar

18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0 12:12Александр Усик фаолиятида 16-маротаба бу ишни қилди 0

21 okt 15:58
Yangiliklar

Tennis

Suzhou Challenger. Mamlakatimizning etakchi tennischilari asosiy to'rning ilk davrasida kortga chiqishdi

Xitoyning Suchjou shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.

Mamlakatimizning birinchi va ikkinchi raketkalari — Humoyun Sultonov hamda Sergey Fomin musobaqaning saralash bahslaridagi ishtiroklari orqali asosiy to'rga yo'l olgandi. Sultonov ikki saralash uchrashuvida g'alaba qozongan bo'lsa, Fomin yutqazsa-da, omadli mag'lub sifatida turnirning asosiy ishtirokchilari safiga qo'shilgandi.    

Har ikki tennischimiz bugun asosiy to'rning ilk davra uchrashuvini o'tkazishdi. ATP reytingida 395-o'rinni egallab turgan Humoyun Xitoy Taypeyi sharafini himoya qilayotgan Vu Ting Linga kutilmaganda 5/7, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Vu Ting ATP reytingida 529-pog'onadan joy olgan bo'lib, u ham hamyurtimiz singari asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgandi. 

Biroz avval yakuniga etgan Sergey Fomin ishtirokidagi uchrashuv ham biz uchun omadsiz bo'ldi. Tennischimiz yaponiyalik Renta Tokudoga faqat birinchi setda qarshilik ko'rsata oldi - 4/6, 1/6. Tennnischilar shu kungacha o'zaro uch marotaba to'qnash kelishgan bo'lsa, barchasida Kunchiqar yurt vakili zafar quchgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing