17 may 09:12
Yangiliklar
Svyontek Rim turniri bosh sovrini uchun kortga chiqadi, bu uning 25-finali!
Dunyoning birinchi raketkasi, "Katta Dubulg'a" turnirlarining to'rt karra g'olibi Iga Svyontek faolitiyadagi 25-finalga chiqdi. Polshalik tennis malikasi 108 daqiqa davom etgan 1/2 finalda WTA reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Koko Goffni mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Iga katta farq bilan oldinda bormoqda - 10:1. Svyontek 1, Goff 3 ta eys zarbani amalga oshirgan. Qo'shxatolar amerikalikda ko'proq bo'ldi - 4 ga 1. Breyklar bo'yicha ham xuddi shunday ko'rsatkich, faqat bu safar polshalik foydasiga - 4 ga 1!
Malumot uchun, Iga Svyontek joriy mavsumda Doha, Indian-Uells va Madriddagi turnirlarda bosh sovrin sohibasiga aylandi. U 2021 va 2022 yillarda Rim turnirida chempion bo'lgandi.
Fikrlar