25 apr 07:01
Yangiliklar

Taekvondo bo'yicha terma jamoamiz "WT President's Cup Asian Region"ni 8 ta medal bilan yakunladi
Kun davomida erkaklar o'rtasida -54 kg, -58 kg, -63 kg, -68 kg, ayollar o'rtasida esa -62 kg, -67 kg, -73 kg, hamda +73 kg vazn toifalaridagi bahslar o'tkazildi.
Milliy terma jamoamizning 12 nafar taekvondochisi dayangga ko'tarilgan kunning yakunida vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza, jami 3 ta medalga ega chiqishdi. Jumladan, Jahongir Xudoyberdiev hal qiluvchi bellashuvda mezbon yurt vakili Jiachai Qiangdan, Ozoda Sobirjonova Koreya Respublikasi vakilasi Min Ju Kvakdan ustun keldi.
Oltin:
Jahongir Xudoyberdiev (-54 kg)
Ozoda Sobirjonova (-67 kg).
Bronza:
Svetlana Osipova (+73 kg).
Eslatib o'tish joiz, 23 aprel kuni turnirning ilk kuni doirasida 5 ta medalni (2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza) qo'lga kiritgandik. SHu tariqa, mazkur musobaqani 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunlaydigan bo'ldik.
Fikrlar