29 apr 16:02
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimiz "Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati"ni yuqori notada boshladi: birinchi kundayoq 9 ta medal
Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha G1 klassifikaciyasidagi "XIII Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati" xalqaro musobaqasi boshlandi.
Ilk kun doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasining jami 13 nafar sportchisi (7 nafar erkaklar, 6 nafar ayollar) dayangga ko'tarildi.
Yakunda vakillarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Ahamiyatlisi, bir necha kun oldin yakuniga etgan "WT Prezidenti kubogi" musobaqasida tengsiz bo'lgan Jasurbek Jaysunov hamda Marat Mavlonov joriy musobaqada ham oltin medallarni o'ziniki qildi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Kumush:
SHahboz Tusmatov (74 kg)
SHuhrat Salaev (87 kg)
Madina Mirabzalova (57 kg).
Bronza:
Yodgorbek Jo'raboev (87 kg)
Madina SHoniyozova (46 kg)
Laylo Xasanova (49 kg)
SHabbona Abduvalieva (57 kg).
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar