28 avg 19:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Taksichi sobiq ikki karra jahon chempionini mag'lub etdi
AQSHda navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik 33 yoshli Robert Gerrero argentinalik David Emanuel Peraltaga qarshi ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda autsayder sifatida qaralgan argentinalik bokschi nomdor raqibini ochkolar hisobiga o'ra 116-112, 115-113, 113-115 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
“Men Argentinada taksi haydardim. Bu orada AQSHda jang o'tkazish imkoniyati yuzaga keldi. Amerikaga keldim va g'alaba qozondim”, - dedi Peralta.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar