So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

30 sen 11:41
Yangiliklar

Kurash

Talabalar o'rtasida kuchli polvonlar aniqlandi

Aholi orasida, ayniqsa yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ'ib qilish, sog'lom turmush tarzini kamol toptirish maqsadida o'tkazilayotgan ommaviy sport tadbirlarining ahamiyati juda muhim.

Xususan, 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlab hamda 6-sentyabr - Xalqaro kurash milliy sport turi tashkil etilganligi munosabati bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'tkazilgan Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasidagi kurash bo'yicha universitet kubogi bellashuvlari ham ommaviylikni taminlash va milliy kurash sport turidan istedodlarni saralash imkonini berdi.

Murosasiz o'tgan bahslarda -66, -81 va +90 kg. vazn toifalarida kuch sinashishgan polvonlar orasida quyidagi sportchi-talabalar kuchli uchlikdan joy olishdi.

-66 kg. vazn toifasi 

1. Ruslan Bo'riev 

2. Elshod Boqiev 

3. Hasan Xurramov

3. Mirzohid Muhammadjonov 

-81kg. vazn toifasi

1. Umar Bozorov 

2. Erkin Qozoqov

3. Humoyun Qarshiev

3. O'rol Sodiqov

+90 kg. vazn toifasi

1. Ruslan Begmatov

2. Islom Donaev

3. Hayitbek To'raev

3. Ergash Toshmuhammedov

G'olib va sovrindor sportchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan mezbon jamoa musobaqa kubogini qo'lga kiritdi.

SHerzod MIRZANOV, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori, docent: 

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi ”Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ–3031–sonli qarori hamda 2018 yil 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash, shuningdek, davlatimiz rahbarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligidagi 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanat, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha beshta muhim tashabbusni amalga oshirishi to'g'risida”gi yig'ilish bayoni ijrosini taminlash  maqsadida belgilangan rejga muvofiq, sport turlari bo'yicha bellashuvlar, tadbirlar tashkil etganmiz. Muntazam tarzda talablar va o'qituvchilar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashqlari yo'lga qo'yilgan bo'lsa, professor-o'qituvchilar o'rtasida ham O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sportning voleybol, basketbol, badminton, tennis, futbol, arqon tortish kabi turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilib, g'olib jamoalarimiz munosib taqdirlanishdi.  Bir so'z bilan aytganda, barcha-barchani ommaviy sport turlariga jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tishi, ona vatangga, tug'ulib o'sgan oshiyoniga mehr-muhabbatli bo'lishi, qolaversa, o'zaro do'stlik, hamjihatlik, birdamlik va sportni talabalar va o'qituvchi-murabbiylar hayotining bir bo'lagiga aylanishi bosh maqsad va vazifalar etib belgilangan.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing