13 may 17:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Taniqli bloger Oleg Mongol chorak tonnalik raqibi bilan tomda jang qildi + FOTO
Frik-janglardagi ishtiroki bilan tanilgan bloger Oleg Mongol binoning tomida antiqa jang o'tkazdi.
Mongol 240 kilogramm tosh bosgan raqibi bilan kuch sinashdi. Tomda o'tgan ushbu jangni ishtirokchilardan tashqari yana uch kishi kuzatib borgan. Ular bir vaqtning o'zida murabbiy va hakam vazifasini bajargan.
Jangning dastlabki daqiqalarida raqib gavda va vazn tafovutidan foydalanishga harakat qildi. Lekin vaqt o'tishi bilan bu ustunlik zararga ishladi, yani raqib charchab qoldi. Mongol esa bundan unumli foydalanib, chorak tonna keladigan raqibni mag'lub etdi. Oleg hatto raqib tishini ham sindirishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar