13 apr 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Tarixiy jang qirolichalari taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida o'rta vazn toifasi vakillari - Klarissa SHilds va Kristina Xammer o'zaro to'qnash kelishadi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi maqomidagi baxs tarixiy ahamiyatga ega bo'lib, g'olib bokschi qiz 4ta chempionlik kamaridan tashqari o'rta vaznda The Ring kamari sohibasiga ham aylanadi.
Ayni paytda Klarissa SHilds WBC, WBA va IBF, Kristina Xammer esa WBO chempioni bo'lib turibdi. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. SHilds - 72,3 kg, Xammer esa 72,1 kg tosh bosdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn (72,6 kg) meyorini bajarishdi.
Havola :
Fikrlar