So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

11 dek 07:58
Yangiliklar

Kurash

Tarixiy Rossiya Ochiq chempionati bo'lib o'tdi, g'oliblar 2000 dollarga ega bo'ldi FOTO

Rossiyaning Oryol shahrida kurash bo'yicha “Kurash Russia Open” (Rossiya Ochiq chempionati) 1-xalqaro turniri o'tkazildi.

Rossiya Kurash federaciyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada dunyoning 8 mamlakatidan 100 nafarga yaqin sportchi g'oliblik uchun gilamga chiqdi. 

Bellashuvlar erkaklar o'rtasida 73, 90 va +100 kg vaznda, ayollar o'rtasida esa 70 kg vazn toifasida o'tkazildi. Xalqaro turnirda Rossiya va O'zbekiston sportchilari boshqalarga qaraganda kuchliroq ekanini namoyish etdilar. 

G'oliblarga quyidagipul mukofotlari topshirildi:

1-o'rin (Oltin) - $ 2000  

2-o'rin (Kumush) - $ 1000

3-o'rin (2 ta bronza) - $ 500

Ibrohim Xudoyberdiev, Rossiya kurash federaciyasi prezidenti:

“Rossiya kurash federaciyasi yosh tashkilot sanaladi. Biroq, biz o'zimizda xalqaro musobaqalar o'tkazishni asosiy maqsad qilib qo'yganmiz. Bu bizning ilk yirik musobaqamiz va oxirgisi emas. Kurash Rossiya yoshlarining sevimli sport turiga aylanishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz”.

A.Konovalov, Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi: 

“Bu bizning mezbonligimizdagi birinchi xalqaro turnir va Rossiya termasining ishtirokidan juda xursandman”.

Natijalar:

Erkaklar 73 kg

1. Umid Esanov (O'zbekiston)

2. Urol Sodiqov (O'zbekiston)

3. Xaymiddin Jobborov (Tojikiston)

3. Ivan Naumov (Belarus)

90 kg

1. Yuriy Boja (Rossiya)

2. Umar Boqiev (Rossiya)

3. Pavel Sodkovoy (Rossiya)

3. Yuriy SHikalov (Rossiya)

+100 kg

1. Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston)

2. Bekzod Karimov (O'zbekiston)

3. Ruslan Kiselev (Rossiya)

3. Dmitriy Balyanov (Rossiya)

Ayollar 70 kg

1. Galina Ambartcumyan (Rossiya)

2. Vladlena Guseva (Rossiya)

3. Kseniya Skarga (Rossiya)

3. Gulmira Ismatova (O'zbekiston)

O'zbekiston kurash federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing