So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 mar 16:43
Yangiliklar

Futbol

Tartib-intizom qo'mitasi 1-turdagi qoidabuzarliklar bo'yicha qaror chiqardi: Babayan jarimaga tortildi

O'zbekiston Professional futbol ligasi qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasi Superliganing 2026 yilgi mavsum 1-turida kuzatilgan qoidabuzarliklar yuzasidan o'z qarorlarini elon qildi.

Samvel Babayanga jarima tortildi

27 fevral kuni bo'lib o'tgan "Andijon" — "So'g'diyona" uchrashuvining 44-daqiqasida andijonliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan maydon chetida raqib futbolchisining to'p bilan harakatlanishiga ataylab xalaqit bergani aniqlandi. SHu sababli, qo'mita Tartib-intizom kodeksining 61-moddasiga asosan mutaxassisga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qo'lladi.

"Bunyodkor"ga jiddiy ogohlantirish berildi

1 mart sanasidagi OKMK — "Bunyodkor" bahsida toshkentliklar futbolchisi Dmitriy Pletnyov hakam qaroriga norozilik bildirgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirilgan edi. Ushbu holat bo'yicha hakamning bildirgisi ko'rib chiqildi va Superliga Reglamentining 15.37-bandiga muvofiq, "Bunyodkor" klubiga ogohlantirish intizomiy jazo chorasi belgilandi.

Endilikda reglamentning mazkur bandiga ko'ra, mavsumning qolgan qismida "Bunyodkor" futbolchilari tomonidan simulyaciya, vaqtni cho'zish yoki hakam qaroriga etiroz sababli sariq kartochka olinsa, ularga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri jarima intizomiy jazo chorasi qo'llaniladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing