So’nggi yangiliklar

10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0 09:27Икки юнон-рум курашчимиз Жаҳон чемпионати шоҳсупасида + ФОТО 0 08:53Мусиала нега хушини йўқотаётганини тушунтирди 0 08:28Ислам Махачев: "Оёғим узунроқ бўлганида эди..." 0 07:59Grand Chess Tour: Синдаровда кетма-кет иккинчи ғалаба, бугун чемпионлик Со билан баҳсда ҳал бўлади 0 07:32Таэквондочиларимиз Покистондаги турнирни 4 та медаль билан бошлашди. Шарифини ўзгартирган Светлана ҳисобида кумуш! 0 07:01Ашурматов ва Ҳамробеков тўлиқ ўйнади, Машарипов захирада қолди 0 20:08Шоҳжаҳон Эргашев Шаҳрам Ғиёсовнинг гапларига жавоб қайтарди 0 19:32Ислам Махачев Гэрри билан жангдан икки кун ўтиб юзини кўрсатди + ФОТО 0 18:57UFC рейтинги янгиланди. Рамазоннинг собиқ рақиби Топ-15`га қайтди. Исламнинг вазнида вазият қандай? 0 18:23Туркия клуби россиялик футболчини 25 млн еврога сотиб олмоқдa 0 17:54Сехудо Махачевни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисобламайди 0 17:27Холмурод Нурматов ҳам Mangu MMA Лигаси билан шартнома имзолади (ВИДЕО) 0 17:02Топуриянинг жамоаси Илия UFC`даги навбатдаги жангини қачон ўтказишини маълум қилди 0

19 avg 09:27
Yangiliklar

Sport kurashlari

Ikki yunon-rum kurashchimiz Jahon chempionati shohsupasida + FOTO

Slovakiya poytaxti Bratislava shahri sport kurashlari bo'yicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyo birinchiligining ikkinchi kuni yunon-rum kurashi bo'yicha qolgan vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar malum bo'ldi. Uch yunon-rum kurashchimiz bronza medali uchun gilamga chiqdi va ulardan ikki nafari raqiblarini engib, jahon chempionati sovrindoriga aylandi. 

Hojiakbar Qo'chqorov (55 kg) moldovalik Maksim Sarmanovni 9-1, Behruzbek Aliev (72 kg) esa armanistonlik Gor Xachatryanni so'nggi ball (7-7) evaziga taslim etdi. 97 kg vazndagi Faxrikamol Komiljonov o'tish bellashuvida yaponiyalik Ryosey Katamtsuni 9-1 hisobida dog'da qoldirdi. Ammo bronza medali uchun bo'lib o'tgan bahsda finlyandiyalik raqibi Pauli Perkyuga yutqazib qo'ydi. 

SHu tariqa, yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston U20 terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan yakunladi. 63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Quvonchbek Ismoilov birinchi kungi bellashuvlarda jahon chempioniga aylangandi. Hamyurtimiz hal qiluvchi final bahsida rossiyalik Salim Karmaxovni 9:7 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Ismoilov finalga qadar xitoylik Jaojian Vangni 14:5, finlyandiyalik Matias Arpyanenni 9:8, ozarbayjonlik Tural Ahmadovni 3:2, ekvadorlik Veliz Karrasedoni 3:2 hisobida taslim etdi. 

Kecha shuningdek, ayollar kurashi bo'yicha ham bahslar boshlandi. O'zbekiston terma jamoasining ikki vakilasi Nilufar Nurmuhammadova (50 kg) va Sohibjamol Esbosinova (53 kg) yarim finalga qadar etib keldi va raqibalariga imkoniyatni boy berdi. Ular bugun kechki final blokida bronza medali uchun gilamga chiqadi. Kurashchi qizlarimizning bronza uchun bahsdagi raqibalari o'tish bellashuvlarida aniqlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing