So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

04 apr 14:31
Yangiliklar

Futbol

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari: "Qo'qon-1912" murabbiyi, "Navbahor" hamda bir necha futbolchiga chora ko'rildi

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
Joriy yilning 1 aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, u21 chempionati hamda O'zbekiston Kubogi uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

Qo'qon-1912 – Navbahor

Superliga 4-turi doirasidagi Qo'qon-1912 – Navbahor bahsi komissari bildirgisiga ko'ra, “Qo'qon-1912” futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygani, jumladan, stadionda maydon chiziqlari uchrashuv startiga 3 soat qolgan chizib tugatilgan, maydon maysasi 3,5 – 4 santimetrlar atrofida bo'lganligi, Ko'chma televizion stanciya uchun Superliga reglamentida talab qilingan internet belgilangan tartibda va tezlikda taqdim etilmagani, stadion elektron reklama bannerlari kech yoqilgani, uchrashuv davomida infoteynment dasturi qoniqarsiz ijro etilgani va o'yin oldidan Countdownda belgilangan reklama roliklari jamlanmasi faqatgina bir marotaba namoyish etilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Navbahor lochinlari” futbol klubi o'yinoldi mashg'ulotlarni 3 daqiqa kech yakunlagani, Klub vakili Baxtiyor Ismoilov uchrashuv komissari tomonidan ogohlantirilganiga qaramay, futbolchilar mashg'ulotga kech chiqib kelganini ro'kach qilib, ularni maydondan o'z vaqtida chiqarmasligini bildirib, komissar faoliyatiga xalal bergani, natijada “Navbahor lochinlari” futbol klubi o'yin oldidan tribunaosti tonnelga 3 daqiqa kech chiqgani va ushbu holatlar uchrashuvni 2 daqiqayu 40 soniya kech boshlanishiga sabab bo'lgani aniqlandi.

Qaror: Navbahor klubi vakili Baxtiyor Ismoilovga nisbatan jarima intizom chorasi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi murabbiyi Fevzi Davletov texnik hududda bir necha marotaba uchrashuv rasmiylariga keskin va namoyishkorona etirozlarini bildirgan va bu bilan u Superliga Reglamentining 15.29-bandini buzganligi aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Qo'qon-1912” futbol klubi murabbiyi Fevzi Davletovga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

“Qo'qon-1912” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 83-daqiqasida “Qo'qon-1912” futbol klubi futbolchisi Silvanus Nimeli o'yin vaqtini suniy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

Qizilqum – OKMK

Superliga 4-turi doirasidagi “Qizilqum” – OKMK uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra “Qizilqum” futbol klubi mezbonligida o'tgan uchrashuvning 82-daqiqasida hamda uchrashuvdan so'ng “Qizilqum” futbol klubi muxlislari tomonidan maydonga va uning atrofidagi yordamchi hakamlarga elim ichishlar, har xil buyumlar uloqtirilgani, ushbu buyumlar maydon atrofidagi shaxslarga tekkani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi hamda “Qizilqum” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning T-20, A, B-2 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazosi qo'llansin.

“Qizilqum” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 55-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi SHahzod Turopov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Qizilqum” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 78-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Islom Kenjaboev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizomiy jazosi

“Qizilqum” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 84-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi murabbiyi Akmal Rustamov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizomiy jazosi

Xorazm – Bunyodkor

Superliga 4-turi doirasidagi “Xorazm” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 40-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Sardor Raxmonov o'yin vaqtini suniy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

Superliga 4-turi doirasidagi “Xorazm” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Federiko Botti o'yin vaqtini suniy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

Buxoro – Dinamo

Superliga 4-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 89-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Ravshan Xayrullaev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

Superliga 4-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Xislat Xalilov simulyaciya ishlatgani uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Neftchi” – “Lokomotiv”

Superliga 4-turi doirasidagi “Neftchi” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 82-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Po'latov o'yin vaqtini suniy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Ogohlantirish. Bu kabi holat takror sodir etilgan taqdirda jarima intizom chorasi qo'llanilishi haqida ogohlantirilsin

“Nasaf” – “Surxon”

Superliga 4-turi doirasidagi “Nasaf” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Nodirxon Nematxonov o'yin vaqtini suniy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Andijon” – “Mashal”

Superliga 4-turi doirasidagi “Andijon” – “Mashal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 12-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Ibrohim G'anixonov to'p uchun kurashda, katta tezlikda harakatlanib, raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mashal” futbol klubi futbolchisi Ibrohim G'anixonovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.

U-21 chempionati

“Qizilqum U21” – OKMK U21

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Qizilqum U21” – OKMK U21 uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 77-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Elbekjon Yo'lchiev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Buxoro U21” – “Dinamo U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Buxoro U21” – “Dinamo U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 31-daqiqasida “Dinamo U21” jamoasi futbolchisi Behruzbek Oblaqulov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Andijon U21” – “Mashal U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Andijon U21” – “Mashal U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 81-daqiqasida “Mashal U21” jamoasi futbolchisi Ahror Murodov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“So'g'diyona U21” – “Paxtakor U21”

U21 chempionatining 4-turi doirasidagi “So'g'diyona U21” – “Paxtakor U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 64-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Jamshidbek Rustamov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Nasaf U21” – “Surxon U21"

Superliga 4-turi doirasidagi “Nasaf U21” – “Surxon U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90-daqiqasida “Surxon U21” jamoasi futbolchisi Kamronbek Ergashev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

O'zbekiston kubogi

“Guliston” – “Sonyc X”

O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Guliston” – “Sonyc X” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 66-daqiqasida “Guliston” futbol klubi futbolchisi Asilbek Umirzoqov hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi

“Guliston” – “Sonyc X” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 81-daqiqasida “Guliston” futbol klubi murabbiyi Abbosbek Maxsitaliev texnik zonani tark etib, vaqt cho'zishiga sabab bo'lgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Guliston” futbol klubi murabbiyi Abbosbek Maxsitalievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.

“Jizzax FA” – “Havokand

O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Jizzax FA” – “Havokand” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 84-daqiqasida “Havokand” futbol klubi futbolchisi SHaxboz Rustamov to'p uchun kurashda raqib futbolchising ko'krak qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Havokand” futbol klubi futbolchisi SHaxboz Rustamovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.

“Oqtepa” – “Havokand”

O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Oqtepa” – “Havokand” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng penaltilar seriyasi vaqtida “Havokand” futbol klubi futbolchisi Salohiddin Musaev raqib futbolchisiga agressiv harakat qilib, boshi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Havokand” futbol klubi futbolchisi Salohiddin Musaevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.

O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Oqtepa” – “Havokand” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv oldidan “Havokand” futbol klubi masul xodimi uchrashuv qaydnomasiga uchrashuvga kelmagan shifokorni kiritgani va O'zPFL komissarini aldashga uringani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Havokand” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing