07 iyu 09:19
Yangiliklar

Tashkent W15. Etakchilarimiz eplay olmagan ishni SHubina amalga oshirdi, u 1/2 finalda!
O'zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalari Vlada Yakshibarova hamda Nigina Abduraimova 1/8 finalda raqibalariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini ancha oldin yakunlashdi.
WTA reytingida 1402-pog'onadan joy olgan hamyurtimiz Darya SHubina esa o'zig yarasha shov-shuv ko'tarib, 1/2 finalga etib keldi. Tennischimiz 1/4 finalda turnirning uchinchi raketkasi, koreyalik Bouyong Jeyongni sochib tashladi - 6/1, 6/1. Jeong dunyoning 624-raketkasi bo'lib turibdi.
Bugun musobaqada 1/2 final uchrashuvlari o'tkaziladi. Darya SHubina soat 11:00da boshlanadigan final chiptasi uchun bahsda rossiyalik Varvara Panshinaga qarshi kortga chiqadi. Panshina ayni paytda WTA reytingining 780-pog'onasida joy olgan.
Fikrlar