So’nggi yangiliklar

20:25"Рома" Ла Лига ўтган мавсуми тўпурарларидан бирини сотиб олмоқчи 0 20:02Нуротада гандбол бўйича Ўзбекистон чемпионлари аниқланди 0 19:41Рафаэль Надаль Бостаддаги турнирда иштирок этади 0 19:20Грузиялик Жаҳон чемпиони ўз уйида ўлик ҳолда топилди 0 18:58Шайҳонтоҳурда стол тенниси бўйича "Солиқ қўмитаси раиси кубоги" ўтказилди 0 18:58Алекс Фергюсон: "Роналду ЖЧ-2026да ўйнашини тасаввур қила олмайман" 0 18:37"Шавкат Раҳмонов дивизиондаги энг хавфли йигит" - Иан Гарри 0 18:15Қозоғистон терма жамоаси Париж Олимпиадаси учун таркибини эълон қилди + ФОТО 0 17:53Холлоуэй Топурия ҳақида: "У йигит шунчаки ўзидан тўқиб гапирмоқда" 0 17:30Расман: "Манчестер Юнайтед" Эрик тен Хаг билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Мен ҳеч қачон реваншларда ютқазмаганман. Ютқазмайман ҳам". Блахович Перейрага мурожаат қилди 0 16:51Катта карвон олимп сари йўлга чиқди 0 16:45Қозоғистоннинг Париж Олимпиадасидаги байроқдорлари маълум бўлди 0 16:23UFC чемпиони Жон Жонс кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 16:01"Барселона" Араухонинг трансфер нархини маълум қилди 0

30 okt 16:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz. Fedor Emelyanenko bilan jang qilmoqchi bo'lgan hamyurtimiz

So'nggi paytlarda yurtimizda aralash yakkakurashlarga (MMA) qiziqish ortib boryapti.

Yoshlarimiz xalqaro turnirlarda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand etishayotganligi ham sir emas. Hozirga kelib, bir qator yo'nalishlarda g'olib va sovrindorlarga egamiz.

Ular orasida esa “Osiyo ayig'i” laqabi bilan dong taratgan hamyurtimiz Murod Xonto'raevning muxlislari nafaqat yurtimizda, balki MDHda ham ko'plab topiladi. Uning faoliyatiga bo'lgan qiziqish, aynan u kabi sportchi bo'lish ishtiyoqidagi yoshlarimiz ham talaygina. SHuni inobatga olib, “Muxlis minbari” sahifamizga aralash yakkakurash ustasini taklif etdik.


“News Arena”malumotnomasi


Murod Xonto'raev – 1987 yil 4 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Murabbiylari Nodir Qodirov va Asad O'rinov. MMAning VEF yo'nalishi, qo'l jangi profi yo'nalishi R-1 va Muatay profi yo'nalishi K-1 kamari sohibi. Universal jang va qo'l jangi bo'yicha Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori.

Kamoliddin Abdullaev – fermer

– Tarjimai holingiz haqida etarli malumotga ega emasmiz. Internetda ham bu borada malumot yo'q. Bazilar sizni Farg'ona, bazilar Toshkent viloyatidan, deyishadi. Bunga o'zingiz aniqlik kiritib o'tsangiz?

– 1987 yil 4 iyulda Toshkent shahrida tavallud topganman.

Davronbek Abdazov – murabbiy

– Mish-mishlarga qaraganda, aralash yakkakurashning 4 karra g'olibi, rossiyalik Fyodor Emelyanenko bilan jang olib borish istagini bildirgan ekansiz. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

– To'g'ri, lekin bunga ancha yillar bo'lgan. O'shanda promouterlik kompaniyalari ruxsat bermagan edi. Fyodor Emelyanenko, albatta men uchun afsona, undan ibrat olishga harakat qilganman. Lekin o'shanda jang olib borish istagi bo'lgan. CHunki bunday jangchi bilan bellashuv men uchun faxr edi. Uch yillar avval ukasi Aleksandr bilan ham jang o'tkazishimga bir bahya qolgan edi. Ustozim Nodir Qodirov bu jang borasida jiddiy ishlar olib borgandi. Afsuski, uning nomunosib xulqi uchun jazo o'tashga majbur bo'lganligi jangga to'sqinlik qilgan.

Bobur Tillaev – futbolchi

– MMAga kirib kelishingizga asosiy sabab nima bo'lgan? Moddiy manfaatmi yoki o'z qiziqishingiz?

– Moddiy holat asosiy emasdi. SHunchaki o'zimning shaxsiy qiziqishlarim sabab bo'lgan.


SHerzod Buvaqulov – energetik

– Hozirda ham “Alash Rrayd” promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga egamisiz?

– Yo'q. Hozirda hech qanday shartnomaga ega emasman.

Mirzohid Bakirov – o'qituvchi

– O'zbekistonda o'tkazgan jangingiz orqali muxlislaringiz ko'pligini ko'rib, qanday hissiyotlar paydo bo'ldi?

– Ochig'i, xursand bo'ldim. Meni hurmat qilib, qo'llab-quvvatlab turgan insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Sarvar Madaminov – o'quvchi

– Asosan qaysi sport bilan shug'ullangansiz?

– Kikboksing, qo'l jangi va dzyudo bilan jiddiy ravishda mashg'ulotlar olib borganman.

Rustam Tursunaliev – talaba

– Pavel Levko bilan taroziga chiqqaningizda, sizga qo'pollik qilgandi. Jangdan so'ng, u sizga qanday so'zlarni aytdi?

– Hech qanday. Aksincha, o'zim borib, garchi sportda raqib bo'lsak-da, aka-uka bo'lib qolamiz, dedim.

Otabek Fayzullaev – nafaqadagi ichki ishlar xodimi

– SHvelidze bilan jang paytida uni qiyin ahvolga solib qo'ydingiz, ammo noto'g'ri harakat bilan jarohat olgandingiz. O'shandagi mag'lubiyat yagonami yoki biz bilmaganimiz ham bormi?

– O'sha jang professional sportdagi yagona mag'lubiyatim.


Xursandbek Mahkamov – murabbiy

– Ustozlaringiz haqida aytib o'tsangiz?

– Sportdagi faoliyatim boshlanishida 9-10 yoshgacha Yuriy Bozorov zalida mashg'ulotlar olib borganman. 17 yoshimda Nodir aka Qodirovning oldiga keldim. O'sha paytda Nodir aka professionallar o'rtasidagi nufuzli turnirga shogirdlari Bahodir G'ulomov, Bekzod Bahodirov, SHerzod SHermuhammedov va Nemat Bobomuhammedov kabi taniqli sportchilarni tayyorlayotgan edi. O'shanda ustozim menga, sport nima uchun kerak, deb savol bergandi. Avvalo, yurtimiz shanini munosib himoya qilish, degan javobim maqul kelib, men bilan ishlay boshlagan. Uning qo'l ostida bir necha yillar mashg'ulot olib borganimdan so'ng, yurtimizda universal jang ommaviylasha boshladi. Respublika bosqichidan tanlab olinganlar Samarqandga Osiyo chempionatida ishtirok etish kerak edi. Tasodifan vaznimda tushishi kerak bo'lgan jamoadoshim kasal bo'lib qoldi, shunda Nodir aka meni ushbu chempionatga olib ketdi. Ochig'i, muvaffaqiyatli ishtirokimga umid ham qilmagandi. Vaholanki, o'sha chempionatda beshta jangning barchasini muddatidan oldin hal qilib, chempion bo'lgandim. Barchaning oldida Nodir aka “Osiyo ayig'i” nomini bergandi. O'sha yili universal jang bo'yicha jahon chempionatida so'ngi raundda imkoniyatni boy berib, 2-o'rinni egalladim va ikki haftadan keyin Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'tgan Evropa ochiq chempionatida 3-o'rinni qo'lga kiritganman. 3-o'rinni qo'lga kiritganimning ham o'z sababi bor. O'tkazgan janglarim orasida qisqa masofa yuzaga kelgandi. Qolaversa, jarohatlar ham bezovta qilayotgandi. Hakamlar ham noxolislikka yo'l qo'yishdi. 2008 yil Samarqandda qo'l jangi bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritdim. O'sha muvaffaqiyatlardan keyin Asad O'rinov kelib, ustozimdan meni jamoaga berishini so'radi. CHunki qo'l jangining profi yo'nalishi – R-1 bo'yicha o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etishimni istagandi. Nodir aka bu taklifga rozi bo'ldi va turnirda qatnashishimga ruxsat berdi. O'shanda Qarshi shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida chempionlik kamarini qo'lga kiritganman. Lekin R-1 MMAga yaqin bo'lganligi bilan parter holati cheklangan, shu sabab bu yo'nalishda uzoq qola olmadim. SHundan so'ng Nodir aka bilan birgalikda Qozog'istonning “Alash Rrayd” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda turnirlarda ishtirok eta boshladik. Ketma-ket g'alabalardan so'ng, bizni Rossiyaning sambo-70 promouterlik kompaniyasi Sochidagi musobaqaga taklif etdi. O'shanda Xalqaro sambo federaciyasi bilan yurtimiz fedaraciyasi kelisha olishmadi. Janglarga bir kun qolganda, ishtirok etolmasligimizni bildirishdi. O'shanda qozog'istonlik hamkorlarimizdan iltimos qilganmiz va ular tufayli turnirda qatnashganman. Meni Qozog'iston vakili, deb elon qilishgan. Jangdan so'ng, raddiya bildirib, o'zbekistonlik ekanimizni va qozoqlar klubi nomidan tushganimizni isbotlab berganmiz. Bu paytga kelib, yurtimizda ham aykidoning profi yo'nalishida chempionatlar bo'ldi. Bunda ham zafar quchdim. Keyinchalik yana Qozog'istonda aralash yakkakurashda uchta jang o'tkazdim va g'alaba qozondim. Qirg'izistonda VEF yo'nalishida bahsda g'alaba qozondim. SHuningdek, yurtimizda o'tkazilgan muaytayning K-1 yo'nalishi kamariga ham egaman. Bularni aytishimga sabab, ushbu g'alabalar zamirida Nodir Qodirov, Asad O'rinovlarning xizmati beqiyos. Fursatdan foydalanib, ularga cheksiz minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

SHuhrat Xolboev – bank xodimi

– Vazn toifangizdagi hamyurtlarimiz borasida qanday fikrdasiz?

– Bilasizmi, yurtimizda mendan-da iqtidorli yoshlar etishib chiqayotganligiga aminman. Albatta, bunday imkoniyatga ega sportchilar bor. Lekin kim kuchli, kim omadli ekanligini ring va oktagon ko'rsatib beradi. O'z o'rnida vazn toifamdagi do'stlarim Amin Ergashev, Aleksandr Stolyarov, ukamiz Azamat Bahodurzodalarga omad tilayman. Garchi bir vazn toifasida jang olib borsak ham, raqib bo'lsak ham, bizni bitta narsa birlashtirib turadi – biz Vatanimiz shanini munosib himoya qilamiz.


Dilshod Mamatov – tadbirkor

– Sochidagi jangda Evgeniy Eroxin ustidan g'alaba qozongan edingiz. O'shanda Rossiya Federaciyasi va Qozog'iston Respublikasi rahbarlari chiqishingizga qanday munosabat bildirishgandi?

– Yaxshi jang o'tkazganligim bilan tabrikladi va omad tiladi.

Behzod Nazarov – jurnalist

– MMA chempioni Sunnat Ilyosov intervyularining birida sizni Osiyo va MDHdagi imkoniyatingizni yuqori baholab, UFCda ishtirok etish uchun yanada ishlashingiz kerakligini aytib o'tdi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

– Albatta. O'rinli fikr bildiribdi. Vaqti kelib, UFCda ham ishtirok etish nasib qilib qolar. UFC da vazn toifamdagi etakchilar Keyn Velaskes, Vanderley Silva, Fabricio Verdum bular bilan jang olib borishga ko'zim etadi. Lekin o'sha erga chiqishning o'zi bor.

Doniyor Akramov – energetik

– Asosiy qurolingiz “vertushka” (oyoq bilan aylanma harakat zarbasi) deyishadi. O'zingiz ham shu fikrga qo'shilasizmi?

– Qaysidir manoda, ha, deb javob berishim mumkin. Oyoqda beriladigan barcha zarbalar asosiy qurolim hisoblanadi.

Ibrohim Yo'lchiev – talaba

– O'zbekistonda jang tashkillashtirishingizga sabab nima bo'ldi?

– Qaysi sportchi o'z Vatanida, muxlislari ko'z o'ngida jang o'tkazishni xohlamaydi, deysiz. Yaratganga shukr, yurtimizda muxlislarim ko'p. SHunday imkoniyat yuzaga keldi va bundan unumli foydalandim. Yuqorida takidlab o'tganimdek, bu jang menga unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

Abror Otakishiev –talaba

– Qozog'istonda ko'p faoliyat olib borgansiz. O'zbek jangchilaridan kimlarni ko'proq bilishadi?

– Yaxshi jangchilarni barcha tan oladi. Yurtimizda bunday sportchilar talaygina. Ularning hammasini yaxshi bilishadi.

Dilafro'z Rahmonova – jurnalist

– Yurtimizdagi ashaddiy muxlislaringizni bilasizmi?

– Bu borada bir nima, deya olmayman. Lekin eng sodiq muxlisim bor. Bu ukam.

Olovuddin Sobir o'g'li – rassom

– Keyingi jangingizni qachonga rejalashtirgansiz?

– Bu borada aniq malumot bera olmayman. CHunki o'zim ham bilmayman.

“News Arena” savoli

– Sizni noto'g'ri tushungan, sportdan uzoq kimsalarga aytar so'zingiz...

– Har xil gaplar tarqatadigan insonlarga parvo qilmayman. Qozog'iston klubi safida harakat qildim. Lekin Qozog'iston Vatanim, deb bayrog'ini ko'tarmaganman. SHukrki, janglardan so'ng o'z bayrog'imizni hilpiratish nasib qilyapti. Agar o'sha vaqtlarda o'zimizda shunday klublar bo'lganida, shu erda jang o'tkazardim.


Ahmadbek Eshmatov tayyorladi, “News Arena” gazetasining 27-sonidan (2016 yil) olindi

Reyting: +2   

Fikrlar

   
01 noy 10:29:04
Муҳаммадзиё
Фаолиятига омад тилаймиз!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing