19 iyu 19:53
Yangiliklar
Gimnastika, Suv sporti turlari

Taxminaning oltin medali evaziga nechanchi o'ringa ko'tarildik? (Jadval)
Germaniyada davom etayotgan Yozgi Universiadaning bugungi kun bahslari O'zbekiston sport delegaciyasi uchun omadli kelmoqda.
Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova yakkalik bahslarining xalqa yo'nalishida terma jamoamiz delegaciyasiga musobaqadagi ilk oltin medalni taqdim etdi. Hozirgacha qo'lga kiritgan 3 ta medalimizdan 2 tasi aynan Ikromovaga tegishli.
Taxminaning medallari evaziga hozirgi onlayn holatda O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Bizdan avvalgi o'rinlarda borayotgan Ozarbayjon, Italiya, Xitoy davlatlari hisobida 2 tadan oltin medal bor. Jadvalda AQSH terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar