17 sen 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayron Vudli kamarini Tompsondan himoya qiladi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Tayron Vudli o'zining navbatdagi raqibi kim bo'lishini malum qildi.
Vudli FoxSports 1 telekanaliga bergan intervyusida chempionlik himoya jangidagi bo'lajak raqibining ism-sharifini oshkor qildi.
“Men Stiven Tompsonga qarshi jang o'tkazaman. Ushbu jangim 12 noyabr kuni Nyu-York shahrida UFC 205 turniri doirasida bo'lib o'tadi”. - dedi Vudli.
Malumot uchun, mazkur jang Vudli uchun ilk chempionlik himoya jangi bo'ladi. Tayron shu yilning iyul oyida Robbi Loulerni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar