19 fev 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri 100 mln dollarlik shartnoma imzoladi
Superog'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri katta summadagi shartnomaga imzo chekdi.
Britaniyalik bokschi hamda uning promouteri Frenk Uorren Amerikaning Top Rank promouterlik kompaniyasi va ESPN telekanali bilan kelishuvga erishishdi. SHartnomaga ko'ra Fyuri AQSHda kamida ikkita jang o'tkazadi.
SHartnoma 80 mln funt sterling, taxminan 100 mln dollarga tuzildi. Hozirda Fyurining jamoasi WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder bilan ikkinchi jangni o'tkazish yuzasidan muzokara olib boryapti. Bokschilarning ilk jangida durang natija qayd etilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar