14 iyu 09:54
Yangiliklar

Tayson Fyuri: Amerikaliklar nihoyat qabul qilishdi
Ushbu jang AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Britaniyalik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Fyuri germaniyalik bokschiga qarshi jang oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Amerikaliklarning menga bo'lgan munosabati iliqlashgandek tasavvur qoldiryapti. Har holda men o'zimni shunday his qilyapman. Las-Vegas ko'chalarida meni iliq qabul qilishyapti, tanishyapti, suratga tushishyapti. Ko'chalardagi jang anonsini ifoda etuvchi bannerlarni ko'rib xursand bo'ldim.
“Men hamisha orzu bilan yashayman. SHu sababdan bo'lsa kerak har doim quvnoq yuraman. Bolaligimdayoq superog'ir vaznda jahon chempioni bo'lishni xohlaganman. O'tgan yillar davomida shu yo'lda intildim va orzuimga etdim. Ertaga chempionlik yo'lidagi navbatdagi qadam tashlanadi”, - dedi Fyuri.
Fikrlar