24 dek 13:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri bahorda yana katta boksga qaytadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) bahor oylarida faoliyatini yana qayta tiklaydi.
Bu malumotni uning murabbiyi va amakisi Piter Fyuri ham tasdiqladi.
“Hozir Tayson otasi va akasi bilan birga har kuni mashg'ulot olib o'tkazyapti. U 2017 yilning aprel yoki may oylarida yana katta ringga qaytadi. Bu safargi qaytishi juda ham boshqacha bo'ladi”, - dedi Piter Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri ikki bor Vladimir Klichkoga qarshi o'tkaziladigan revansh jangini bekor qilgandi. SHundan keyin esa vaqtincha boksdan ham ketgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar