02 dek 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Baribir bu jangda men g'olib chiqdim
Britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ham bugungi Deontey Uaylderga qarshi kechgan jang haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, bugungi o'n ikki raundga mo'ljallangan jangda hakamlar durang natija qayd etilganini o'z qarorlari bilan qayd etishgandi.
“Men Uaylderning vatanida ikki bor nokdaun holatiga tushib qoldim. SHunga qaramay, baribir men o'zimni g'olib deb hisoblayman. Men professionallik namunasini namoyish etdim. Rahmat senga Deontey, menga ana shu imkoniyatni taqdim etganing uchun.
Uaylder - superog'ir vazn toifasida mendan keyin ikkinchi o'rinda. Biz ikkimiz kuchli bokschilarmiz. Yana bir og'ir vaznli bokschi bor. Lekin u hali jo'ja. Entoni Joshua, qaerdasan?”, - dedi Fyuri.
Havola :
Fikrlar