01 noy 17:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Dana Uayt, menga qo'ng'iroq qil!
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri yana bir bor o'zini MMAda sinab ko'rish istagi borligini tasdiqladi.
Britaniyalik bokschi kecha oqshom Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan restling oqshomida g'alaba qozonib, shov-shuvga sababchi bo'lgan edi.
"Men Konor Makgregor bilan gaplashib oldim va biz rok-n-rollga tayyormiz, - dedi Tayson iFL TV kanaliga bergan intervyusida. - SHuningdek, bugun men sobiq UFC chempioni Frenk Mirdan xabar oldim. Frenk men bilan ishlash unga qiziqarli bo'lishini aytdi. SHularni inobatga olgan holda aytishim mumkin-ki, biz MMAda ham nom qozona olamiz. Dana Uayt, menga qo'ng'iroq qil!".
Havola :
Fikrlar