19 fev 16:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Deontey, meni kutib ol!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Amerikaning ESPN telekanali bilan shartnoma imzolagan edi.
Britaniyalik bokschi ikkita jang uchun 103 million dollar oladi. Ushbu hamkorlik WBC chempioni Deontey Uaylderga qarshi revansh jangining o'tkazilishiga zamin yaratadi. Bu ikki bokschining ilk jangi Amerikaning boshqa bir telekanali Showtime tomonidan translyaciya qilingan va chempionlik jangida durang natija qayd etilgan edi.
“Agar Uaylder bilan jang qilishni istamaganimda birinchi jangga ham rozi bo'lmas edim. ESPN bilan shartnomam esa meni revansh jangiga ancha yaqinlashtirdi. Uaylder, meni kutib ol, qara, men sening ortingdan boryapman”, - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar