01 okt 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri doping-nazoratdan o'ta olmadi, undan kokain topildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBO hamda WBA (Super) yo'nalishlari chempioni, britaniyalik 28 yoshli Tayson Fyuri (25-0) doping tekshiruvdan o'ta olmadi.
22 sentyabr kuni Angliyaning Lankaster shahrida o'tkazilgan tekshiruv natijalari shuni ko'rsatdiki, uning qon tarkibida narkotik modda, yani kokain borligi aniqlandi. Bu esa taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan.
Malumotlarga ko'ra, Tayson Fyuri katta ehtimol bilan barcha chempionlik kamarlaridan mahrum etiladi. Kuni kecha Fyuri sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vladimir Klichkoga (64-4) qarshi kechishi kerak bo'lgan revansh jangini ikkinchi bor bekor qilgan edi.
Havola :
Fikrlar