12 may 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: “Faoliyatimdagi eng engil jang Joshua bilan bo'ladi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBA (Super) hamda IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua bilan o'tkaziladigan bo'lajak jangi haqida o'z fikrini bildirdi.
“Men hamisha Vladimir Klichko bilan jangim engil o'tadi, derdim. Endi fikrimni biroz o'zgartiraman. Faoliyatimdagi eng engil jang Joshua bilan bo'lib o'tadi. U “pancher” bo'lishi mumkin, lekin unda na tezlik va na tezkor oyoq harakatlari bor”, - dedi 28 yoshli Fyuri 27 yoshli Joshua haqida.
Eslatib o'tamiz, bu ikki britaniyalik bokschilarning jangi kelasi yilning aprel oyida London shahridagi “Uembli” stadionida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar