08 sen 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri Joshua bilan jangida qanday natija qayd etilishini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri o'zining Entoni Joshuaga qarshi jangida qanday natija qayd etilishi mumkinligi haqida gapirdi.
Fyurining fikricha, Joshua oltinchi raunddan uyog'iga o'tmaydi.
"Joshua oddiy bir tamakini ham o'chirolmaydi, meni-ku gapirmasam ham bo'ladi. Unda mendan farqli o'laroq, etarli shijoat yo'q. Eddi Xirnga to'g'ridan-to'g'ri aytaman: Joshua biznesmen, men esa haqiqiy jangchiman.
Bu bodibilderni ringda yo'q qilaman. Jang oltinchi raunddan uyog'iga o'tmaydi. Joshua buni bilib turibdi, uni jamoasi ham shunday bo'lishini sezyapti. SHuning uchun ham, Eddi Xirn o'n yillardan beri menga tikilib yuribdi", -dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar