10 may 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: “Joshua bilan jangimiz aprelda bo'ladi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshua bilan o'tkaziladigan jang sanasi va manzilini elon qildi.
Unga ko'ra, britaniyalik 28 yoshli bokschi WBA (Super) hamda IBF yo'nalishlari chempioni 27 yoshli Joshua bilan kelasi yilning aprel oyida jang o'tkazadi. Bu malumotni promouter Eddi Xirn ham tasdiqladi.
“Eddi Xirn “Uembli” stadionini kelasi yilning aprel oyiga “bron” qilib qo'ydi. “Uembli” eng munosib joy, boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Joshua bilan shu yilning oktyabr oyidayoq jang o'tkazishim mumkin.
Ammo, Klichko shartnomaning revansh jangi bandidan foydalanib qolsa kerak”, - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Daily Telegraph nashri.
Havola :
Fikrlar