16 mar 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Men o'zimga muammo qidiryapman, lekin o'zimdan kuchli yigit topolmadim
Og'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) hali o'zidan o'tib ketadigan bokschi topmaganini aytdi.
"Gap shundaki, men o'zim uchun muammo qidiryapman. 13 yildan buyon shu ish bilan shug'ullanaman, chunki men professional sifatida jang qilaman, lekin hali mendan o'tib ketadigan yigit topmadim.
Ha, men hech qachon topmaganman. Nafaqaga chiqsam ham mag'lubiyatsiz qolaman. Men filmlardagi kiberglarga o'xshayman - meni to'xtatish mumkin emas", - dedi Fyuri iFL TV You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar