17 dek 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri murabbiyini almashtirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri murabbiyini o'zgartirdi.
Britaniyalik bokschi bundan buyon Ben Deyvison qo'l ostida mashg'ulotlarni o'tkazadi. Deyvison o'rta vazn toifasi chempioni Billi Jo Sondersga murabbiylik qilgani bilan mashhur hisoblanadi.
SHu kungacha Fyuri o'zining amakisi Piter Fyuri qo'l ostida shug'ullanib kelayotgandi. Lekin Tayson amakisi bilan qarindoshlik rishtalari davom etishi va undan ham maslahat olishini urg'uladi.
Havola :
Fikrlar