12 iyu 19:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: SHvarc meni mag'lub etsa, multimillionerga aylanadi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri germaniyalik Tom SHvarcga qarshi o'tkazadigan jangi haqida fikr bildirdi.
SHvarcga qarshi jang 15 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
"Raqibni mensimaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Fikrimga Joshuaning nokautga uchragani yaqqol misol bo'la oladi. Superog'ir vazn toifasida har qanday kutilmagan natija ro'y berishi mumkin.
Keyin SHvarc ham bu jang natijasi uning hayotini butkul o'zgartirib yuborishini bilib turibdi. Agar u meni mag'lub eta olsa, bir kechada multimillionerga aylanadi. Tomning ism-sharifi hamda surati barcha gazeta va jurnallarni bezaydi, TV kanallar tinmay uning g'alabasini ko'rsatishadi", - dedi Fyuri BoxingScene saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar