05 mar 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Uaylder tan olishni xohlamayapti
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Deontey Uaylderning 20 kg keladigan libosi haqida fikr bildirdi.
“Uaylder 20 kglik libosda mashg'ulot olib borganini aytdi. Lekin tan olish kerak, uning mag'lubiyatida asosiy sabab - men undan ancha yaxshi harakat qilganim bo'ldi. U istagan odamini aybdor qilishi mumkin.
Deontey barchani aybdor deb hisoblamoqda, sababi u mag'lub bo'lganini tan olishini xohlamayapti”, - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar