16 noy 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri Uaylderga qarshi to'rtinchi jangini o'tkazishga tayyor, ammo bir shart bilan
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri faqat bir shart bilan to'rtinchi marotaba amerikalik Deoney Uaylderga qarshi ringga chiqishga tayyor.
"Lo'lilar qiroli"ning shartiga ko'ra, jang faqat Buyuk Britaniyada tashkil etilishi kerak.
Malumot uchun, Fyuri va Uaylder uch marotaba AQSHda to'qnash kelishgan. Birinchi jangda g'olib aniqlanmagan bo'lsa, qolgan ikkitasida Fyurining qo'li baland kelgan.
"Deontey Uaylder men bilan ringda ko'rishish uchun Endi Ruis bilan majburiy davogarlik jangini o'tkazish kerak. Uaylder bilan to'rtinchi jangimizni "Uembli"da tashkil qilsak ajoyib ish bo'lardi, shunday emasmi? U bilan uchta jangimiz AQSHda bo'lib o'tgan. Demak, u men bilan jang qilmoqchi bo'lsa, Britaniyaga kelishi kerak", - dedi Tayson o'z intervyusida.
Avvalroq, Usikning promouteri Tayson Fyuri haqida gapirgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar