29 noy 12:01
Yangiliklar

Tayson Fyuri: Uaylderni Klichkoning taqdiri kutmoqda
Bizning vaqt bilan kelayotgan yakshanba kuni tong saharda AQSHda bu ikki bokschi o'rtasidagi chempionlik jangi bo'lib o'tadi. Matbuot anjumani bokschilar va ularning jamoadagilari o'rtasidagi daxanaki jangga aylanib ketdi.
- Bugungi sana men uchun o'ziga xos ahamiyatga ega. Bundan roppa-rosa uch yil oldin men Dyusseldorf shahrida Vladimir Klichkoni mag'lubiyatga uchratib, superog'ir vazn toifasida jahon chempioniga aylangandim. Uch kundan so'ng men o'sha voqeylikni yana takrorlayman. Uaylderni ham Klichkoning qismati kutyapti.
O'ylaymanki, boks muxlislari bo'lajak jangdan xuddi men kabi qoniqish va rohatga ega bo'lishadi. Men bu jangni 2011 yildan beri kutaman. Nihoyat, shanba oqshomida men Deonteying yuziga zarba tushirish va uni nokaut qilish imkoniyatiga ega bo'laman, - dedi Fyuri.
Fikrlar