13 okt 09:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri WBO va WBA chempionlik kamarlaridan voz kechdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBO hamda WBA yo'nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri o'z chempionlik kamarlaridan voz kechishga qaror qildi.
“Hozir menga jangdan ko'ra tezroq ruhiy holatimni yaxshilash muhim. CHempionlik kamarlarini ringda qo'lga kiritdim. Nasib qilsa, ularni yana ringda jang qilgan holda qaytarib olaman. Bugungi holatimda esa jang qilishga tayyor emasman.
SHu bois, chempionlik kamarlarimdan voz kechdim. SHunday yo'l tutsam, boks rivoji va foydasi uchun foyda keltirgan bo'laman. Faqat bu vaqtinchalik qaror. Men albatta, yana qaytaman”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri ruhiy holatining yaxshi emasligi bois, 29 oktyabr kuniga belgilangan Vladimir Klichkoga qarshi chempionlik revansh jangini bekor qilgan edi.
Havola :
Fikrlar