16 sen 17:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri yana nechta jang o'tkazishini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri kelajakdagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Yana 2 yoki 3 ta jangim qoldi, chunki boshqa xech kim menga muammo tug'dira olmaydi. Barcha raqiblarim do'pposlab bo'lindi.
Entoni Joshua xech qaysi superog'ir vaznli bokschi bilan faoliyatining yorqin paytida jang qilmagan. U Vladimir Klichko bilan 42 yoshda, Kubrat Pulev bilan 40, Aleksandr Povetkin bilan 40 yoshligida jang qilgan. Ular o'tmishda yaxshi bokschi bo'lganlar. 20 yil oldin ular yaxshi bokschi edilar.
Men Joshua bilan jangim qachondir bo'ladi deb o'ylamayman. U jangchimi? Baqaloq bolakay uni to'xtatib qolganidan so'ng bunga ishona olmayman", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri navbatdagi jangini 9 oktyabr kuni Deontey Uaylderga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : The Overlap
Fikrlar