16 avg 19:12
Yangiliklar

Tayson Fyurini kasalxonaga tushirib qo'ygan bokschi g'alaba bilan qaytdi
Oqshom doirasidagi janglarning birida shveciyalik superog'ir vazn toifasidagi 29 yoshli Otto Vallin amerikalik 34 yashar raqibi Trevis Kaufmanga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang beshinchi raundda referi Maykl Ortega tomonidan to'xtatildi. Bu paytga kelib Kaufmanning chap elkasi jarohatlangan edi. Bitta qo'li bilan jangni davom ettirayotgan Trevisning jarohati jiddiylashib ketmasligi uchun referi jangni to'xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.
Yodingizda bo'lsa, Otto Vallin hozirda WBC chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyurini 12 raundlik jangda qiynab qo'ygandi. O'shanda Tayson ochkolar hisobiga ko'ra qiyin g'alabani qo'lga kiritgan edi. Jangdan keyin esa qosh va qovoqlari yorilib ketgan Fyurini kasalxonaga olib ketishgandi.
Fikrlar