06 avg 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson - Jons jangi qoidasiga o'zgarish kiritildi
Xabaringiz bor, 12 sentyabr kuni Kaliforniyada butun dunyo boks muxlislari tomonidan orziqib kutilayotgan jang bo'lib o'tadi.
Unda yaqin o'tmishning ikki afsonaviy charm qo'lqop ustalari - Mayk Tayson hamda Roy Jons o'zaro to'qnash kelishadi. Tashkilotchilar jang qoidasiga biroz o'zgartirish kiritishdi.
Unga ko'ra, bokschilar 8 raundga mo'ljallangan jangda shlem, yani himoya vositasida harakat qilishadi. Qo'lqoplar ham avval belgilanganidek 12 emas, aksincha 18 unciylik bo'ladi. Bokschilarning xavfsizligi yo'lida shunday o'zgarishga qo'l urildi. Kaliforniya shtati Atletik komissiyasi bokschilarni bir-birlarini nokaut qilishdan qochish bo'yicha ogohlantirgan.
Havola :
Fikrlar