12 avg 11:04
Yangiliklar

Tayson - Jons jangining yangi posteri hamda oqshomning anderkard jangi elon qilindi
Tashkilotchilar Kaliforniyada o'tadigan boks oqshomining yangi posteri hamda anderkard jangda kimlar ringga ko'tarilishini malum qilishdi. Unda ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, shveciyalik Badu Jek (22-3-3, 13 KO) Bley Makkernan (13-0, 6 KO) bilan to'qnash keladi.
Bu Badu Jek uchun 2020 yildagi ilk jang bo'ladi. U so'nggi bor 2019 yilning dekabr oyida ringda ko'rinish bergan va o'shanda yarim og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Jan Paskalga imkoniyatni boy bergandi. Undan avval esa Markus Braunga yutqazgan, Adonis Stivenson bilan durang qayd etgandi. Jek so'nggi bor 2017 yilda Neytan Kleverlini nokaut evaziga taslim etgan edi.
SHuningdek, Mayk Tayson va Roy Jons boks kechasida Vidal - Rashad, Jek - Neyt juftliklari ham ringga ko'tariladi.
Fikrlar