25 avg 14:59
Yangiliklar

Tayson MMAchi va bloger o'rtasidagi jang uchun taxmin bildirdi
«Pol juda yaxshi zarbaga ega. O'ylaymanki, u Vudlini mag'lub etadi. Vudli kuchli zarba beruvchi emas. Ko'rinib turibdiki, u o'z karerasidagi so'nggi katta pulni olish uchun raqib sifatida Polni tanlagan», - deya BoxingScene Taysondan iqtibos keltiradi.
Jeyk Pol va Tayron Vudli 28 avgust kuni jang qiladi. Jang Ogayo shtatida boks qoidalariga muvofiq bo'lib o'tadi. Avvalroq, Vudli UFC'dagi janglaridan ko'ra, bu jang uchun ko'proq pul olishini tan olgan edi.
Vudli, shuningdek, «bankni ikki marta talon-taroj qilish» uchun bloger bilan ikkinchi jangga umid qilayotganini aytdi. Etibor bering, Tayron sobiq UFC chempioni. Pol UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi.
Fikrlar