02 mar 08:49
Yangiliklar

TDIUda SHohjahon Ergashev bilan matbuot-anjumani tashkil etildi
Tadbirda universitet rahbariyati, talabalar, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi mutasaddilari va qator OAV vakillari ishtirok etishdi.
Qiziqarli savol-javoblarga boy bo'lgan anjuman yig'ilganlarning yodida uzoq vaqt qoladigan bo'ldi. Mahoratli charm qo'lqop ustasi tadbirda faoliyati davomida o'tkazgan janglari, bolalikdan boksga qanday mehr qo'ygani va yaqin kelajakdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.
Ayniqsa, talabalardan birining bokschimiz bilan xuddi jangdan oldin tashkil qilinadigan nigoh urushtirish holatida o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lgani barchaning etiborini tortdi.
Tadbir so'ngida universitet rahbariyati tomonidan SHohjahon Ergashevga esdalik sovg'alari topshirildi. SHuningdek, sportchimizning o'zi ham muxlislariga dastxati tushirilgan boks qo'lqoplarini taqdim qildi.
Fikrlar