29 dek 08:54
Yangiliklar
Tennis
Tennis bo'yicha erkaklar va ayollar terma jamoamiz mavsumoldi birgalikda yig'in o'tkazmoqda (VIDEO)
Mashg'ulotlarda yaqindagina jamoaga jalb etilgan Polina Kudermetova, Kamilla Rahimova, Mariya Timofeeva kabi raketka ustalarimiz ham ishtirok etishyapti.
Bu haqda mamlakat tennis federaciyasi xabar berdi.
"Erkaklar va ayollar o'rtasidagi O'zbekiston terma jamoalari tennis bo'yicha mavsumoldi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda. Mashg'ulotlar jarayonida jismoniy tayyorgarlik, texnika va o'yin bog'lamalari ustida ish olib borilmoqda.
Aynan shu erda mavsum poydevori yaratiladi: har kungi mehnat, yuqori intensivlik va yaqinlashib kelayotgan xalqaro musobaqalarga to'liq etibor", deyiladi tashkilot xabarida.
Havola :
Manba : t.me/utfuz
Fikrlar