09 iyu 10:26
Yangiliklar
Tennischilarimizdan biri yangilangan WTA reytingida 165, ikkinchi raketkamiz esa 25 pog'onaga ko'tarildi
Yangilangan reytingda tennischilarimizning deyarli barcha yuqorilashga muvaffaq bo'lgan. Faqat to'rtinchi raketkamiz Layma Vladson bir, Diana Yakovleva ikki o'ringa pastlagan. Qolgan tennis malikalarimiz o'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingdagi o'z o'rinlarini yaxshilab olishdi. Birinchi raqamli tennischimiz Kamilla Rahimova 11, ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva 25, uchinchi raqamli Polina Kudermetova 2 pog'onaga ko'tarildi.
Mariya Timofeeva Xorvatiya turniridagi chempionligi ortidan 125 ochkoga ega bo'ldi va Top-100`talikka kirib oldi. Beshinchi raketkamiz Sevil Yuldasheva biryo'la 165 o'ringa ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Milana Maslenkova 4, Vlada Yakshibarova 3 pog'onaga ko'tarilgan.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Rossiyalik Mirra Andreeva 8-pog'onadan 6-o'ringa, amerikalik Jessika Pegula 5-pog'onadan 4-o'ringa yuqoriladi. Amerikalik Koko Goff aksincha uch pog'onaga pastladi. Ukrainalik Elina Svitolina ham bir o'ringa tushdi. Belaruslik Arina Sobolenko hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi. Qozog'istonlik Elena Ribakina ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, polshalik Iga Svyontek kuchli uchlikka yakun yasagan.
WTA reytingi. 8 iyun kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9090 ochkov.
2. (2) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 8143.
3. (3) Iga Svyontek (Polsha) - 6733.
4. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 6056.
5. (6) Amanda Anisimova (AQSH) - 5848.
6. (8) Mirra Andreeva (Rossiya) - 5751.
7. (4) Koko Goff (AQSH) - 4879.
8. (7) Elina Svitolina (Ukraina) - 4315.
9. (9) Viktoriya Mboko (Kanada) - 3670.
10. (10) Karolina Muxova (CHexiya) - 3438…
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
78 (89). Kamilla Rahimova – 920
93 (118). Mariya Timofeeva – 810
121 (123). Polina Kudermetova – 668
762 (761). Layma Vladson – 49
964 (1129). Sevil Yuldasheva – 23
1117 (1113). Milana Maslenkova – 14
1173 (1176). Vlada Yakshibarova – 12
1500 (1498). Diana Yakovleva – 3
Fikrlar