So’nggi yangiliklar

17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0

03 jan 16:20
Yangiliklar

Tennis

Tennisda ochkolar qanday hisoblanadi? O'yin qoidalari haqida

Bugun Siz azizlarga tennis qoidalari haqida malumotlar berib o'tamiz.

Tennis o'yinida har bir ochko orqa chiziqning tashqi tomonidan to'pni o'yinga kiritish bilan boshlanadi. Birinchi, o'ngdan (markaziy belgidan), ikkinchisi chapdan, keyin ketma-ketlik takrorlanadi. Har bir to'p o'yinga kiritish diagonal yo'nalishda amalga oshiriladi va u raqib tomonidagi tegishli maydonchaga tushishi kerak.



Agar birinchi urunish muvaffaqiyatsiz bo'lsa, ikkinchi imkoniyat beriladi. Agar to'p to'rga tegsa ham, ammo raqib tomondagi maydonchaga tushib qolsa, bu urinish qayta takrorlanadi. To'pni o'yinga kirituvchi uni darhol o'yinga kiritishga haqqi yo'q. To'pni boshi uzra balandga otib, keyin zarba berishi mumkin. To'p o'yinga kiritilmaguncha orqa chiziqni bosishi ham mumkin emas. Ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan so'ng, to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi ochkoni boy beradi(qo'sh xato). Bir geymda bir o'yinchi tomonidan to'p uzatiladi. Geym tugagach, to'p oshirish navbati raqib sportchiga o'tadi.

To'p o'yinga kiritilish vaqtida bir marta belgilangan kvadratga tushganidan so'ng, qabul qiluvchi o'yinchi uni qaytarishga haqqi bor. Aks holda qoida buziladi. Lekin, o'yin vaqtida to'p raqib tomondagi maydonchaga tushish tushmasliginidan qatiy nazar raqib to'pni qaytarishi mumkin.

Tennischi qaysi paytlar ochkoni boy beradi:

-agar to'p kortga bir marta tushganidan so'ng uni qaytara olmasa (qaysi o'yinchi tomonda to'p ikki marta kortga tegsa o'sha sportchi ochkoni boy beradi);

-agar to'p setkaga tegib raqib tomonga o'tmasa;

-agar to'p maydondan tashqariga tushsa;

-agar to'pni raqib tomonida qaytarsa (setkaning raqib tomonida to'pni qaytarsa);

-agar to'p o'yinchining tanasiga tegib ketsa;

-agar tanasining biror joyi setkaga yoki setkaning ustuniga tegib ketsa.

Ushbu xolatlarda ochko raqibga yoziladi.

Tennis o'yini uch bosqichli hisoblashga bo'linadi. Setlar, har bir setda geymlar va har bir geymda ochkolar hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi ochkolar uchun 15 ochko beriladi. Uchinchi ochkoga 10, to'rtinchi ochko geymdagi g'alabani bildiradi.

Agar geymda hisob 40/40 bo'lsa, tomonlardan biri ikki ochkolik ustunlikka erishmaguncha geym davom etaveradi (ko'proq-kamroq). Hisob to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi tomondan boshlab hisoblanadi. SHu tariqa to'pni o'yinga kiritayotgan o'yinchi birinchi ochkoni yutsa 15:0, agar raqib yutsa 0:15 deb hisoblanadi.

Setni yutib olish uchun 6 geymda g'alaba qozonish lozim. Agar geymlar bo'yicha hisob 5/5 bo'lsa, tomonlardan biri ikkita geymni yutishi lozim. SHunda hisob 7/5 bilan tugaydi. Agar 6/6 bo'lsa u holda tay-brek o'ynaladi. Tay-brek hal qiluvchi geym hisoblanadi (futboldagi penalti). Tomonlardan biri 7 ochko jamg'arguncha o'ynaladi. Agar tay-brekda ham hisob 6/6 ko'rinishiga kelsa, u holda tomonlardan biri ikki ochkolik farq bilan oshib ketmaguncha davom etadi. Masalan 8/6, 10/8, 13:11. Tay-brekda to'pni o'yinga kiritish geymdagidan farq qiladi. O'yinchilardan biri bir marta to'pni o'yinga kiritadi. SHundan so'ng, har biri ikki martadan to'pni o'yinga kiritadi. Bu jarayon tay-brek tugaguncha davom etadi.

Ko'p musobaqalarda o'yin sportchilardan biri 2 setni o'z foydasiga hal qilguncha davom etadi (3 setlik o'yinlar), ammo erkaklar o'rtasida bo'lib o'tadigan "Katta dubulg'a" (Avstraliya Ochiq chempionati, Uimbldon, Rollan Garros va AQSH ochiq chempionati) hamda norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis Kubogi" musobaqalari maksimal 5 setdan iborat bo'ladi. G'alaba qozonish uchun sportchilardan biri 3 setni o'z foydasiga hal qilishi lozim.

Kort chiziqlari ham maydonning bo'lagi hisoblanadi. Bir sportchi to'pni o'yinga kiritganida yoki qaytarganda to'p chiziqdan tashqari tomondan ozgina tegib o'tgan taqdirda ham to'p maydonchaga tushgan hisoblanadi va o'yin davom ettiriladi.


O'yin qanday holatlarda to'xtatiladi?

Agar o'yin ochiq kortlarda o'tkazilayotgan bo'lsa va yomg'ir yoki qor yog'a boshlasa, yoki qorong'u tushib qolsa, shuningdek, yoritkichlar sifati yaxshi bo'lmasa u holda bahs ertasi kuni davom ettiriladi. Agar, uchrashuv davomida bir o'yinchi jarohat olsa maydonga doktor yoki fizeoterapevt chiqib keladi. Jarohat olgan tennischi "Medical time out" olish huquqiga ega. SHunda ham o'yinni davom ettira olmasa? o'yin to'xtatiladi va g'alaba raqibga beriladi.



Husniddin Mirzaliev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
03 jan 17:12:30
alimov_shukur
malumotlar uchun rahmat.
   
04 jan 10:21:43
Husniddin Mirzaliyev
alimov_shukur foydalanuvchining fikriga javob berish
malumotlar uchun rahmat.
:)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing