28 avg 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ukamga UFC'dan yana taklif bo'ldi" - Nursulton Ro'ziboev
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev ukasi Mashrabjon Ro'ziboev bilan bog'liq holat haqida gapirdi.
"Jangga borayotganimizda telefon qilishib, taklif berishdi. Men ularga o'zim xabar berishimni aytdim. Bir-ikki oy yaxshilab tayyorgarlik ko'rib, vaznlarini tushirib olishimiz kerak. Birortasiga aytsangiz ishonmaydi, uning ham oyog'ida jarohati bor edi. Imkoniyat chiqqanida qo'yib yuborishimiz ham mumkin edi. Hozir tiklanish jarayonida", dedi Nursulton.
Malumot o'rnida, Mashrabjon Ro'ziboev yil avvalida UFC'ga zaxira jangchisi sifatida qo'shilib, vazn qila olmagani tufayli Liga ro'yxatidan darhol o'chirilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar