28 avg 11:58
Yangiliklar
Tennis

US Open. Karlos Alkaras raqibini deyarli "suxoy"ga yutdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida oson g'alabaga erishdi.
Ispaniyalik tennischi 98 daqiqa davom etgan bahsda ATP reytingida 65-o'rinni egallab turgan italiyalik Mattia Belluchchiga bor yo'g'i uchta geymni yutib olish imkonini berdi xolos - 6/1, 6/0, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Alkaras 7, Belluchchi 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Karlos tomonida bo'ldi - 7 ga 0. Endi u uchinchi davrada yana bir italiyalik tennischi Luchano Darderiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar