So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

28 avg 13:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Frensis Ngannu MMAga qaytishni rejalashtirmayapti

Teglar :  Frensis NgannuMMA
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu uchun aralash yakkakurashlarga qaytish ustuvor reja emas.

Bu haqda kamerunlik jangchining murabbiyi Erik Niksik MMA Junkie nashriga bergan intervyusida malum qildi.

"Biz muntazam ravishda muloqotdamiz, ko'proq do'stlardek. Deontey Uaylder bilan jang haqida mish-mishlar tarqalganini bilaman. Bir-ikki kun oldin gaplashgandik, lekin gap asosan hayot va oila haqida edi. Keyingi haftada men Bred Tavares bilan Parijga boraman va u erda Frensis bilan bir necha kunni o'tkazishim, o'tkazib yuborganlarimning o'rnini to'ldirishim, uning mashg'ulotlari va kelajakdagi rejalarini muhokama qilishim mumkin. Ko'rinib turibdiki, u haqiqatan ham Uaylder bilan jang qilmoqchi, MMAga qaytish haqida esa, to'g'risini aytsam, hozircha hech narsa eshitmadim.

Albatta, uning aralash yakkakurashlarga qaytishini istardim. Bu mening mutaxassisligim. MMAda hali ko'p narsa qilishimiz mumkinligini his qilyapman. Menga qisman og'ir va alamli, chunki u Vegasda yashab, UFC’da jang qilganida, biz oldinga yaxshigina siljiganimizni his qildim va to'satdan hamma narsa keskin o'zgarib ketdi. U etiborini boksga qaratdi, menga esa MMA murabbiyi sifatida bizda bo'lgan o'sish va rivojlanish etishmayapti", - dedi amerikalik mutaxassis.

Malumot uchun, yaqinda Frensis Ngannu va PFL ligasi o'rtasida kelishmoqchilik yuzaga kelgandi. Bunga kamerunlikning tashkilotning debyut Afrika turnirida ishtirok etmagani sabab bo'lgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing