10 fev 17:07
Yangiliklar
Tereza Yoxaug Pekin-2022 Olimpiadasida ikkinchi oltinga ega chiqdi
Tereza Yoxaug chang'i poygasining 10 kmga klassik yo'nalishda o'tkazilgan bahsda g'alaba qozondi va Pekin Olimpiadasida ikkinchi bor chempionga aylanmoqda. 33 yoshli sportchi bir necha kun avval skiatlon bo'yicha bo'lib o'tgan bellashuvda ham chempion bo'lgan edi. Ikkinchi o'rinni finlandiyalik Kerttu Niskanen band etgan bo'lsa, uchinchi o'rin yana bir finlandiyalik chang'ichi Krista Pyarmyakoskiga nsaib etdi.
14 karra jahon chempioni Tereza Yoxaug bundan 12 yil avval ham Olimpiada chempioni bo'lgan. U Vankuver-2010 Olimpiadasida estafeta bahslarida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Endi u uch karra Olimpiada chempioni hisoblanadi. Sochi-2014 Olimpiadasida esa chang'ichi bitta kumush va bitta bronza medaliga ega chiqqan. Yana bir qiziq jihat Yoxaug engil atletikada ham o'z omadini sinab ko'rgan va 2019 yil 10000 masofaga yugurish bo'yicha Norvegiya chempioni bo'lgan.
1. Tereza Yoxaug (Norvegiya) — 28:06,3
2. Kerttu Niskanen (Finlyandiya) + 0,4
3. Krista Pyarmyakoski (Finlyandiya) + 31,5
4. Natalya Nepryaeva (Rossiya) + 31,6
Fikrlar