So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

25 avg 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar

Termiz OZKda ham sportchilar kasbiy imtihonlar bo'yicha saralanayapti

Teglar :  OZKTermiz
Olimpiya zaxiralari kollejlarida (sobiq ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari) 2020/2021 o'quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Xabaringiz bor, shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha Olimpiya zaxiralari kollejlarida (sobiq ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatlari) 2020/2021 o'quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Jumladan, Termiz shahar olimpiya zaxiralari kollejida ham bu yilgi imtihonlar har doimgidan farqli o'tkazilmoqda. Avvalo, bu erda 2020/2021 o'quv yili uchun qabul imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha barcha zarur choralar ko'rilganligini qayd etish zarur.

Imtihonlar bo'ladigan barcha sekciya va sport maydonlari to'liq dizenfikciya qilinmoqda. Qolaversa, imtihon vaqtida ham dizenfikciya ishlari davom ettirilayapti. Imtihonlarni esa malakali mutaxassislar kuzatib, baholab borishadi. Oliy maqsad – imtihonlarni halol va shaffof o'tkazib, ilm dargohiga eng istedodli, qaysiki kelgusida jahon arenalarida Vatanimiz bayrog'ini yuqori ko'tarishga qodir yoshlarni saralab olishdir.

Imtihonlar vaqtida yuzaga keladigan turli xil muammolarning oldini olish hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida imtihon jarayonlari to'liq videoga yozib olinishi ham tashkil etiladi. Imtihon bo'ladigan maskanlar to'liq shay holatga keltirib qo'yilgan.

Joriy yil Termiz shahar Olimpiya zaxiralari kollejiga 198 nafar o'quvchi hujjat topshirgan bo'lib, ulardan 110 nafari kollejga qabul qilinadi. O'quv dargohiga 15 ta Olimpiya va ikkita milliy sport turlari yo'nalishlariga qabul elon qilingan bo'lib, boks, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, taekvando VTF, suzish va albatta futbol yo'nalishlarida raqobat ancha yuqori.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing