27 sen 09:03
Yangiliklar
Dzyudo

Bugun Termiz shahrida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo'lib o'tadi
Mamlakatimizning eng janubiy hududi hisob bo'yicha ushbu turkum musobaqalarining oltinchisiga mezbonlik qilmoqda.
Termiz shahridagi viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tatamilarida yurtimizning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan dzyudochilar kun davomida o'zaro kuchlilarni aniqlashadi.
Mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etuvchi bu galgi musobaqada erkaklar o'rtasida -66, -81, +90 kg, ayollarda esa +70 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Saralash bahslari soat 09:00da boshlanadi. Barchani murosasiz kechishi kutilayotgan dzyudo bellashuvlariga taklif qilamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar